Tarix
1
Shofirkonlik yurtdoshlarimizdan qaysi biri nemis va sovet konslagerlaridan omon chiqib, O‘zbekistonga qaytgan ?
A
Abdulla Qayumov;
B
Abdulla Rasulov;
C
Vali Qayumxon;
D
Qo`chqor Turdiyev
2
. 221-motorlashtirilgan diviziya jangchilari 17-mexanizatsiyalashgan korpus saflarida qayerda dushmanga qarshi janglarda ilk marta qatnashdilar ?
A
Odessa;
B
Sevastopol;
C
Smolensk;
D
Yelna.
3
. 1941-yil 13-noyabrda Davlat Mudofaa Komitetining “Milliy harbiy qo‘shilmalar tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori chiqdi. Qarorga ko`ra ……… . 1. O‘zbekistonda 5 ta kavaleriya diviziyasi tashkil qilish 2. 9 ta alohida o‘qchilar brigadasi tashkil qilish, 3. Askarlarni mardligi va jasorati uchun Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlash, 4. diviziyalar tarkibi mahalliy xalqlarga mansub 40 yoshdan katta bo‘lmagan sog‘lom va baquvvat kishilar bilan to‘ldirilishi, 5. imkoniyat doirasida rahbariyat tarkibi ham mahalliy millat vakillaridan bo‘lishi
A
2,3,4;
B
1,2,4,5;
C
1,3,5;
D
1,3,4,5.
4
. 1942-yil 27-martda SSSR Oliy Soveti Prezidiumining farmoni bilan kimga Sovet Ittifoqi Qahramoni yuksak unvoni berildi ?
A
Qo‘chqor Turdiyev;
B
Botir Boboyev;
C
Sobir Rahimov;
D
Zebo G`aniyeva.
5
1941-yil yozidan to 1942-yil bahorigacha (a) mln turkistonlik jangchilar nemislarga asir tushgan hamda ularning ko‘pchiligi harbiy asirlar konslagerlarida bo‘lishgan. 1942-yil yozida ulardan faqat (b) kishi tirik qolgan, xolos.
A
a-2,7 mln b-500 000
B
a-4,3 mln b-600 000
C
a-1,2 mln b-300 000
D
a-1,7 mln b-400 000
6
. Qayerdagi jang Ikkinchi jahon urushida tub burilishni boshlab berdi ?
A
Brest qal`asi;
B
Sevastopol
C
Stalingrad;
D
Moskva;
7
. Qachon Davlat Mudofaa Komitetining “Milliy harbiy qo‘shilmalar tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori chiqdi ?
A
1941-yil 13-noyabrda
B
1942-yil 27-martda
C
1945-yil 26-mart;
D
1942-yil martda
8
.Yaponiyaga qarshi urush qachon sovet qo‘shinlarining hujumi bilan boshlandi ?
A
1945-yil dekabrda
B
1945-yil avgustda
C
1945-yil mayda;
D
1945-yil Noyabrda
9
. O‘zbekistonlik jangchilar nechinchi yillarda Belorussiya, Ukraina, Moldaviya, Boltiqbo‘yi respublikalari va Rossiya Federatsiyasining g‘arbiy viloyatlarini ozod qilishda ishtirok etdilar ?
A
1944-1945-yillarda
B
1942-1943-yillarda;
C
1943-1944-yillarda
D
1941-1942-yillarda;
10
. O‘zbekistonlik (a) nafar jangchi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, ulardan (b) nafari o‘zbek edi. (c)nafar o‘zbekistonlik jangchilar uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlandilar.
A
a-180, b-45, c-32
B
a-380, b-74, c-50;
C
a-280, b-75,c-52;
D
a-280, b-76, c-64
11
Sovet-german urushida necha kishidan ortiq sovet askarlari Germaniya konslagerlarida tutqunlikda bo‘lishgan.
A
5,7 mln;
B
8,4 mln;
C
7,6 mln;
D
6,2 mln
12
. O‘zbekistonlik jangchilar 1943-yil yozida bo‘lgan (a) rayonidagi janglarda, (b)daryosini kechib o‘tishda oldingi saflarda bo‘lishdi.
A
a-Gomel, b-Visla
B
a-Stalingrad, b- Dnepr;
C
a- Kursk va Oryol, b-Dnepr
D
a-Sevastopol, b-Soj;
13
. 1942-yil 27-martda SSSR Oliy Soveti Prezidiumining farmoni bilan nechta ofitser va oddiy askarlarga Sovet Ittifoqi Qahramoni yuksak unvoni berildi ?
A
26 nafar;
B
40 nafar;
C
33 nafar;
D
28 nafar;
14
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qachon necha jildli “Xotira” kitobi (keyinchalik unga qo‘shimcha tarzda yana 2 jild chiqqan) va O‘zbekiston xalqining urush yillarida front ortidagi jasoratlari bayon qilingan umumlashma maxsus jild o‘zbekcha va ruscha nashr etildi.
A
1995-yili 33 jildli;
B
1994-yili 34 jildli
C
1994-yili 34 jildli;
D
1995-yili 34 jildli
15
. Qaysi hududni zabt etgan jangchilar orasida Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan toshkentlik Bo- tir Boboyev va Solih Umarov, marg‘ilonlik Tojiali Boboyev lar bo‘lgan ?
A
Berlin;
B
Brest qal`asi;
C
Moskva;
D
Sevastopol
16
. O‘zbekistonliklar yevropadagi Qarshilik ko‘rsatish harakati saflarida, qaysi hududlarni fashizmdan ozod etishda faol qatnashdilar, partizan qo‘shilmalarida jang qildilar? 1. Polsha, 2. Finlandiya, 3. Bolgariya, 4. Vengriya, 5. Ruminiya, 6. Chexoslovakiya, 7. Italiya, 8. Gretsiya, 9. Avstriya, 10. Yugoslaviya, 11. Fransiya 12. Belgiya.
A
1,3,4,5,6,7,8,9,10,11;
B
1,2,4,6,7,8,9;
C
1,2,4,6,8,10,12;
D
1,3,5,7,9,11,12.
17
. Sobir Rahimovga qachon Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi.
A
1985-yil 9-mayda
B
1975-yil 9-mayda
C
1965-yil 9-mayda
D
1955-yil 9-mayda
18
. Vintovka nima ?
A
nayzali miltiq;
B
kamon o`qi solinadigan idish
C
oddiy miltiq;
D
pichoqli to`pponcha;
19
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, ikkinchi jahon urushi yillarida Germaniyaga asirga tushganlarning umumiy soni necha mln kishini tashkil qilgan ?
A
6,2 mln
B
5,7 mln;
C
8,4 mln;
D
7,6 mln;
20
. Qaysi hududdagi yapon qo‘shinlari sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilingach, Yaponiya 1945-yil 2-sentyabrda so‘zsiz taslim bo‘lganligi haqidagi hujjatga qo‘l qo‘ydi ?
A
Janubiy Sibirdagi;
B
Uzoq Sharqdagi;
C
Manjuriyadagi;
D
Kvantundagi
21
. 1939- yili respublika aholisi qancha bo‘lgan?
A
6,5 mln;
B
7,5 mln;
C
8,5 mln;
D
9,5 mln
22
. Dnepr uchun olib borilgan janglarda qahramonlik ko‘rsatgani uchun qaysi o‘zbek yigitlariga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi?
A
Sharif Ergashev va Xalloq Aminov;
B
U.Doniyorov, U. Asanov.
C
N.Latipov, A.Karimov;
D
Botir Boboyev va Solih Umarov;
23
Turkiston Legionini siyosiy va mafkuraviy jihatdan boshqarish Milliy Turkiston Birligi Qo‘mitasiga yuklatilgan bo`lib bu qo‘mitaning prezidenti kim edi
A
Yo`ldosh Ohunboboyev,
B
Mustafo Cho‘qay,
C
Abdulla Nabiyev
D
Vali Qayumxon
24
Ikkinchi jahon urushida eng katta talafotga uchragan SSSR bo‘lib, u qancha kishidan ajraldi ?
A
40 mln
B
16 mln;
C
28 mln;
D
27 mln ;
25
. Gvardiyachi general-mayor S.Rahimov qachon halok bo‘lgan ?
A
1944-yil 22-noyabr;
B
1944-yil dekabr
C
1945-yil 26-mart;
D
1943-yil 16-aprel;
26
Asir tushishga majbur bo‘lgan sovet jangchilari orasida sobiq legioner, keyinchalik Germaniyada yashagan namanganlik tarixchi olimni aniqlang ?
A
Xolmirza Erkin;
B
Asadulla Ma`mur
C
Boymirza Hayit;
D
Alisher Orolovich
27
Ikkinchi jahon urushidan ko‘rilgan zarar va urush olib borish uchun sarflangan mablag‘lar miqdori qancha dollarni tashkil qildi ?
A
4 trillion;
B
5 trillion;
C
6 trillion
D
3 trillion;
28
. Qaysi hudud uchun bo‘lgan janglarda Toshkentda tuzilgan Sobir Rahimov qo‘mondonligidagi diviziya 3 oy davom etgan janglarda dushmanning 8 000 nafar askar va ofitserini qirib tashladilar ?
A
Chexoslovakiya uchun
B
Kavkaz uchun;
C
Kursk uchun;
D
Dnepr uchun;
29
. 1941-yil yozida qayerda 19-O‘zbek tog‘-otliq diviziyasi qayta tuzilib, uning asosida 221-motorlashtirilgan diviziya tashkil qilindi.
A
Samarqandda;
B
Toshkentda;
C
Andijonda
D
Buxoroda;
30
. Belorussiyani ozod qilish uchun bo‘lgan janglarning birida 1943-yil noyabrda Gomel shahri atrofida kim 33 yoshida mardlarcha halok bo‘ldi.
A
Sharif Ergashev
B
Solih Umarov;
C
Sulton Jo`ra
D
Botir Boboyev
31
. Birinchi o‘zbek qahramoni Qo‘chqor Turdiyev qayerlik edi ?
A
Andijonlik;
B
Buxorolik;
C
Samarqandlik;
D
Toshkentlik.
32
. Qachon gitlerchilar Germaniyasi butunlay taslim bo‘ldi ?
A
1945-yil 7-mayda;
B
1945-yil 8-mayda;
C
1945-yil 9-mayda;
D
1945-yil 6-mayda.
33
Otliq qo‘shin bu-…
A
Yefreytor;
B
Kavalera
C
Serjant;
D
Readovoy;
34
. Moskvani himoya qilishda 28 nafar fashistni otib o‘ldirgan snayperchini aniqlang ?
A
Qo‘chqor Turdiyev;
B
Botir Boboyev;
C
Zebo G`aniyeva.
D
Sobir Rahimov;
35
. Gvardiyachi general-mayor S.Rahimov qaysi shaharni shturm qilish vaqtida halok bo‘lgan?
A
Polshadagi Gdansk;
B
Kavkazdagi Botumi
C
Belorusiyadagi Gomel;
D
Ukrainadagi Qrim;
36
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Ikkinchi jahon urushida qanchadan ziyod kishi halok bo‘ldi ?
A
80 mln
B
50 mln;
C
70 mln;
D
60 mln;
37
Oddiy askarga beriladigan boshlang‘ich harbiy unvon va shu unvonga ega bo‘lgan shaxs bu- …
A
Readovoy;
B
Kavalera
C
Serjant;
D
Yefreytor;
38
. O‘zbekistonlik jangchilarning qanchasi “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun” jangovar medali bilan taqdirlandi ?
A
1 606 nafari;
B
1706 nafari;
C
1 906 nafari;
D
1 806 nafari
39
. “Moskva mudofaasi uchun” maxsus medali bilan mukofotlanganlar orasida O‘zbekiston jangchilaridan necha kishi bo‘lgan ?
A
1563 kishi;
B
1753 kishi;
C
1765 kishi;
D
1445 kishi
40
. Nechinchi yillarda milliy harbiy qismlarda, jumladan, o‘zbek diviziyalari va brigadalarida qurol-yarog‘ va o‘q-dori miqdori mutlaqo yetishmagan.
A
1941–1943-yillarda
B
1941–1942-yillarda,
C
1940–1942-yillarda;
D
1940–1941-yillarda;
41
Kimlarning tashabbusi bilan 1942-yil martda Turkiston legioniga asos solingan
A
Abdulla Nabiyev,Mustafo Cho’qay
B
Abdulla Rasulov, Yo`ldosh Ohunboboyev;
C
Yo`ldosh Ohunboboyev, Vali Qayumxon
D
Mustafo Cho‘qay, Vali Qayumxon
42
Toshkentda qachon Xotira va Qadrlash maydoni barpo etilib, unda “Motamsaro ona” haykali hamda xiyobonning shimoliy va janubiy tomonida qad ko‘targan ayvonlar tokchalarida Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik barcha jangchilarning ism-sharifi bitilgan metall tokchalar o‘rnatildi.
A
1999-yil may;
B
2002-yil may
C
2000-yil may;
D
2001-yil may;
43
. 221-motorlashtirilgan diviziyada katta tajribaga ega o‘zbek ofitserlaridan polkovnik … , mayor … va boshqalar bor edi.
A
Qo‘chqor Turdiyev, Zebo G‘aniyeva ;
B
Ismoil Bekjonov, Sobir Rahimov
C
Sharif Ergashev va Xalloq Aminov;
D
Botir Boboyev va Solih Umarov,
44
. Eng so‘nggi tarixiy tadqiqotlarda keltirilishicha, urush yillarida necha nafar o‘zbekistonliklar fashizmga qarshi olovli janglarda qatnashgan edi.
A
1,5 mln;
B
1,4 mln;
C
1,6 mln
D
1 mln;
45
. Moskvani himoya qilishda mardligi va jasorati uchun “Qizil Bayroq” ordeni bilan taqdirlangan shaxsni ko`rsating ?
A
Sobir Rahimov;
B
Zebo G`aniyeva;
C
Botir Boboyev.
D
Qo‘chqor Turdiyev;
46
. Dnepr uchun olib borilgan janglarda qahramonlik ko‘rsatgani uchun necha nafar o‘zbek yigitiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi ?
A
28 nafar;
B
26 nafar;
C
40 nafar;
D
33 nafar;
47
. O‘zbekistonliklar Ikkinchi jahon urushi frontlarida olib borilgan ayovsiz janglarda 1,5 mln kishi qatnashgan bo`lib Ulardan ularning qanchasi jang maydonlarida halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan?
A
400 000 kishi;
B
400 000 kishi;
C
300 000 kishi;
D
500 000 kishi
48
. O‘zbekistonlik jangchilardan necha nafari turli sovet orden va medallari bilan mukofotlandi ?
A
150 000;
B
120 000
C
140 000;
D
110 000;
49
. O‘zbekistonlik jangchilar Kvantun armiyasini tor- mor keltirishga katta hissa qo‘shdilar. Ular orasida qaysi jasur o‘zbek o‘g‘lonlari bor edi ? 1. leytenant N.Latipov, 2. Leytenant Xalloq Aminov 3. leytenant A.Karimov, 4. leytenant U.Doniyorov, 5. yefreytor U.Asanov, 6. kapitan Abdulla Rasulov
A
1,2,4,6;
B
1,3,4,6
C
1,3,4,5;
D
2,3,4,6;