Tarix
1
Arab xalifaligi hujumlari natijasida Vizantiyadan qachon Suriya va Misr qo’ldan ketadi?
A
VI asrning o’rtalarida
B
VII asrda
C
VIII asrning boshlarida
D
V asrda
2
Vizantiya qishloq xo’jaligida erkin dehqonlar qashshoqlashib, qaramlikka tushishi va mulkiy tabaqalanishining paydo bo’lishi natijasida qanday qanday toifalar vujudga keldi?
A
Qullar va kalonlar
B
Erkin kishilar va yarim ozod kishilar
C
Feodallar yarim ozod kishilar
D
Feodallar va yersiz dehqonlar
3
Yustinian I ning maqsadi nima edi?
A
Xalqaro savdoni jonlantirish
B
Xristian davlatlari hukmdorlari o’zlarini Vizantiya imperatorlarining vassallari deb hisoblash
C
Rim imperiyasining avvalgi hududlarini tiklash
D
Vizantiya imperatori saroyi o’zining boyligi, hashami va tantanavorligi bilan ajralib turish
4
Yustinian I davrida qayerlar istilo qilinadi?
A
Krit va Kipr orollari
B
Kichik Osiyo va Kavkaz
C
Suriya, Falastin va Misr
D
Shimoliy Afrika, Italiya va Ispaniya
5
Vizantiyada boshlang’ich va o’rta maktablarning ko’pchiligi ….
A
Imperator va shaharlar tashkil etgan
B
Ibodatxona va monastirlar qo’shida bo’lgan
C
Xususiy yoki davlatniki bo’lgan
D
Papa va yepiskoplarniki bo’lgan
6
Qanday omillar Vizantiyaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydi?
A
Savdo –sotiq va hunarmandchilikning taraqqiy etganligi
B
Kuchli harbiy qo’shinga egaligi
C
Kuchli imperator hokimiyatining mavjudligi
D
Aholining katta qismini erkin dehqonlar tashkil etishi, sun’iy sug’orishga asoslangan sermahsul ziroatchilikning bo’lishi
7
Qaysi xalqda barcha fuqarolar tug’ilishidan teng huquqli deb hisoblangan?
A
Bolgariya
B
Vizantiya
C
Italiya
D
Britaniya
8
Velisariyga qarshi kimlar qochoq qullarga ozodlik berib, ulardan foydalanishgan?
A
Vandallar
B
Langobardlar
C
Vestgotlar
D
Ostgotlar
9
Vizantiyaliklar qayerda poytaxtni Ravenna bo’lgan alohida noiblik tuzishadi?
A
Galliyada
B
Shimoliy Afrikada
C
Italiyada
D
Pireneya yarim orolida
10
Vizantiya tarkibiga qaysi hududlar kirgan?
A
Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolining janubiy qismi
B
Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Kavkaz, Suriya, Falastin, Misr, Krit va Kipr orollari
C
Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Pireney yarim oroli
D
Bolqon yarim oroli, Yunoniston, Kichik Osiyo va Apeninn yarim oroli
11
Velisariy tomonidan bosib olingan Italiyadagi hududlarda alohida noiblik tashkil etildi. Uning poytaxti qaysi shahar edi?
A
Rim
B
Ravenna
C
Milan
D
Neapol
12
Yustinian I davrida qaysi german qabilalari bo’ysundiriladi?
A
Vandallar, burgundlar va langobardlar
B
Vandallar, ostgotlar va vestgotlar
C
Tyuring, alemann va bavar
D
Franklar, vestgotlar va ostgotlar
13
Qachon imperatorlar amaldorlar, ibodatxonalar, monastirlarga ko’plab yer-mulklar in’om etadilar?
A
VII-X asrlarda
B
X-XI asrlarda
C
VIII asr oxiri-XI asr o’rtalari
D
IX-XI asrlarda
14
Vizantiyada feodal jamiyati qaysi asrlarda uzil-kesil shakllanadi?
A
VIII asr oxiri-XI asr o’rtalari
B
IX-XI asrlarda
C
VII-X asrlarda
D
X-XI asrlarda
15
Kimlarning qo’shinini qiyinchiliksiz yenggan Vizantiya janubiy viloyatlarni egallab, Gibraltar bo’g’ozi ustidan nazorat o’rnatadi?
A
Vandallar
B
Vestgotlar
C
Ostgotlar
D
Langobardlar
16
Vizantiyada feodal munosabatlarini uzil-kesil o’rnatilishiga olib kelgan omilni aniqlang.
A
Erkin dehqonlar qashshoqlashib, qaramlikka tushishi
B
Qishloqqa mulkiy tabaqalanish jarayoni kuchayib, yirik yer egalari –feodallar hamda yersiz dehqonlar toifalari paydo bo’lishi
C
Imperatorlar amaldorlar, ibodatxonalar, monastirlarga ko’plab yer-mulklar in’om etishi
D
Feodallar hokimiyatining kuchayishi va markaziy hokimiyatning zaiflashuvi
17
.Yunoncha “podsho” ma’nosini beruvchi so’zni aniqlang.
A
Sinklit
B
Qirol
C
Markgraf
D
Vasilevs
18
Mimlar kimlar bo’lgan?
A
Zodagonlarning oliy vakili
B
O’rta maktablar
C
Aktyorlar
D
Feodal yerida ishlovchilar
19
Vizantiya imperiyasini kim boshqargan?
A
Vasilevs
B
Markgraf
C
Qirol
D
Sinklit
20
izantiyaning oltin asri kimning davriga to’g’ri keladi?
A
Konstantin I
B
Feodesiy
C
Yustin
D
Yustinian I
21
Vasilevsga davlat amaldorlaridan tashqari qaysi muassasalar bo’ysungan?
A
Mahalliy hokimlar va ruhoniylar
B
Sud, harbiy va soliq muassasalari, senat
C
Yepiskoplar, yirik monastirlar abbatlari
D
Moliya, soliq, harbiy a’yonlari, dasturxonchi, otxona boshlig’i
22
Vizantiyaliklar qiyinchiliksiz egallangan hudud qaysi ?
A
Sardiniya orolini
B
Kipr orolini
C
Korsika orolini
D
Sitsiliya orolini
23
.Vizantiyada amaldor va senatorlar kimlardan iborat bo’lgan?
A
Zodagonlar, iqtidorli va bilimli oddiy xalq farzandlari
B
Harbiy yo’lboshchilardan, zodagonlarning oliy vakillaridan
C
Eng boy, obro’-etiborli kishilardan
D
Zodagonlarning oliy vakillaridan
24
Vizantiya imperiyasi nimaning natijasida vujudga kelgan?
A
Finikiyaliklarning o’z koloniyalariga asos solishi natijasida
B
Rim sarkardalarining Kichik Osiyoga harbiy yurishlari natijasida
C
Yunonlarning Megara koloniyasiga asos solishi natijasida
D
Rim imperiyasining ikki mustaqil davlatga bo’linishi natijasida
25
.Yustinian I ning amakisi Yustin …
A
Harbiy sarkarda bo’lib, Italiyaning katta qismini bo’ysundiradi
B
Oddiy askardan sarkarda darajasigacha ko’tarilib, imperatorlik taxtini egallaydi
C
Siyosiy donolik va jasorat sohibi edi
D
Imperiya hayotini islohotlar orqali ancha yangilaydi
26
. Yevropada Sharqiy Rim imperiyasi aholisini qaysi nom bilan atashgan?
A
Slavyanlar
B
Yunonlar
C
Germanlar
D
Varvarlar
27
Yustinian I qanday oilada tug’ilgan?
A
Kambag’al dehqon
B
Harbiy yo’lboshchi
C
Feodal
D
Zodagon
28
VI asrning o’rtlaridan Vizantiyaga qaysi qabilalar kelib o‘rnasha boshladi ?
A
German qabilalari
B
Slavyan qabilalari
C
Turk qabilalari
D
Xunn qabilalari
29
Vizantiya hayotida ellinlik mustahkam o’rin olganligini ko’rsatadigan jihatlarini qayd eting. 1)Ippodromlarda xalq avvalgidek chavandozlar, kurashchilar, gimnastlar musobaqalari, mimlar chiqishlarini tomosha qilganlar 2)Shahar aholisi ilgarigidek ma’muriyatdan maosh oladigan tabiblarda davolanishgan 3)Shahar aholisi jamoa hammomlariga borib turishgan 4)Vizantiya antik davr ilmini saqlab qolgan 5)Aholi shaxsan ozod kishilar hisoblansada, Xalq kengashida ishtirok eta olmas, armiyada xizmat qilolmas edilar 6) Maktablarida bolalarni harbiy ishlarga o’rgatishar, ularni kuchli va chidamli etib tarbiyalashardi
A
2,4,6
B
1,3,5
C
1,2,3,4
D
1,2,3,4,5,6
30
U o’zining aqli, shuhratparastligi, qo’rqmasligi bilan ajralib turadi?
A
Yustinian I
B
Meshko I
C
Feodora
D
Boleslav Jasur
31
.….. siymosida harakatchanlik, qat`iyat, uzoqni ko`ra bilishi qatorida buyuk siyosatdonlarga xos ikkiyuzlamachilik, mug`ambirlik, zolimlik xususiyatlari ham mujassamlashgan.
A
Meshko I
B
Simeon
C
Boleslav Jasur
D
Yustinian I
32
Yustinian I qanday tadbirlarni amalga oshiradi?
A
Imperiya hayotini islohotlar orqali ancha yangilaydi, xalqaro savdoni jonlantirishi, davlat xazinasini to’ldiribgina qolmasdan, xalq farovonligini ham ta’minlaydi
B
U butun xristian dunyosi hukmdori sanalishini ta’minlashi natijasida boshqa xristian davlatlari hukmdorlari uzoq payt o’zlarini Vizantiya imperatorlarining vassallari deb hisoblashgan
C
Iqtidorli va bilimli oddiy xalq farzandlari ham yuqori lavozimlarga erishishi mumkinligini ta’minlaydi
D
Vizantiyaliklar hayotida ellinlik hayot mustahkam o’rin olishini ta’minlaydi
33
. 527-565-yillarda Vizantiya imperiyasida kim hukmronlik qilgan?
A
Yustinian I
B
Feodesiy
C
Konstantin I
D
Yustin
34
Vandallarni bo’ysundirib Velisariy qayerga yo’l oladi?
A
Italiyaga
B
Misrga
C
Ispaniyaga
D
Kichik Osiyoga
35
Yustinian I nechanchi yilda sarkarda Velisariyni Shimoliy Afrikada joylashib, davlat tuzgan va O’rta dengizda savdo kemalarini talash bilan shug’ullangan vandallarga qarshi yuboradi?
A
536-yilda
B
534-yilda
C
527-yilda
D
565-yilda
36
Yustinian I vestgotlar hukmronlik qilgan qayerni egallaydi?
A
Krit va Kipr orollari
B
Ispaniya
C
Italiya
D
Shimoliy Afrika
37
Yustinianning rafiqasi malika Feodora yoshligida kim bo’lgan? V
A
Savdogar
B
Sehrgar
C
Vestalka
D
Aktrisa
38
Qaysi davlat hayotida ellin madaniyati mustahkam o’rin olgan?
A
Vizantiya
B
Britaniya
C
Italiya
D
Bolgariya
39
Italiyada vizantiyaliklar kimlarning qattiq qarshiligiga uchraydi?
A
Vandallarning
B
Langobardlarning
C
Ostgotlarning
D
Vestgotlarning
40
. Sharqiy Rim imperiyasida qaysi til lotin tilini surib chiqaradi va davlat tiliga aylanadi?
A
Slavyan tili
B
Yunon tili
C
Fransuz tili
D
Ingliz tili
41
Vizantiyada Vasilevsga bo'ysunuvchi maslahat kengashi nima deb atalgan?.
A
veche
B
sinklit
C
parlament
D
devon
42
. Sharqiy Rim imperiyasi fuqarolari o’zlarini va davlatlarini qanday nom bilan atashgan?
A
Yunonlar va Muqaddas Rim imperiyasi
B
Rimliklar va Rim imperiyasi
C
Germanlar va Yangi Rim imperiyasi
D
Ellinlar va Ellada
43
Vizantiyada imperatorning maslahat organiga aylangan lotincha “senat” ma’nosini beruvchi so’zni aniqlang.
A
Kongress
B
Sinklit
C
Konung
D
Parlament
44
O’rta asrlar quyidagi qaysi davlatda qulchilik saqlab qolingan bo’lib, aholining katta qismini erkin dehqonlar tashkil etgan?
A
Italiya
B
Vizantiya
C
Ispaniya
D
Fransiya
45
. Qaysi shahar Osiyo va Yevropani bog’laydigan “Oltin ko’prik” hisoblangan ?
A
Aleksandriya
B
Konstantinopol
C
Antioxiya
D
Edessa
46
Sharqiy Rim imperiyasi poytaxti qaysi shahar edi?
A
Edessa
B
Konstantinopol
C
Aleksandriya
D
Antioxiya
47
Vizantiya imperiyasi o’z qudrati cho’qqisiga kimning davrida erishadi?
A
Feodesiy
B
Konstantin I
C
Yustinian I
D
Yustin
48
Konstantinopol shahri o’rnida yunonlarning … shahri koloniyasi Vizantiy joylashgan.
A
Milet
B
Megara
C
Miken
D
Messana
49
. Vizantiyaning qaysi oltin puli eng ishochli xalqaro pul hisoblangan?
A
Dirham
B
Darik
C
Dinor
D
Numisma
50
.VI asrda Sharqiy Rim imperiyasida qaysi shaharlar yirik savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida gullab –yashnagan?
A
Varna, Kosovo, Konstantinopol
B
Ko’nyo, Suvas, Qaysariya
C
Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Edessa
D
Mansikert, Edessa va Tripoli