Tarix
1
. O‘rta asrlar kishilik jamiyati Osiyoda nima deb ataladi ?
A
latifundiya
B
feodal
C
yer egaligi jamiyati
D
qulchilik jamiyati
2
. Yevropada yer egaligi bilan Osiyoda yer egaligining farqli tomoni nimada ? 1. Osiyoda davlat hukmdori yerning oliy egasi hisoblangan. 2.Osiyoda yer maydonlarining ma’lum qismi bevosita davlat mulki bo‘lgan 3. Davlat hukmdorlari va katta yer egalari yerlarini dehqonlarga ishlash uchun ijaraga bo‘lib berganlar 4. Ijarachilar o‘sha yerlarda yetishtirgan hosilning belgilab qo‘yilgan ma’lum bir qismini yer egalariga topshirganlar. 5.Osiyoda Yevropadagidek yer egasining yerini ishlab berish majburiyati bo‘lmagan. 6. Yevropada yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lganligi uchun dehqonchilik rivojlangan. 7. Osiyoda bunday imkoniyat bo‘lmagan, yog‘ingarchilik tanqisligi sababli yerlarning namlik miqdori ancha past bo‘lgan. 8. Yevropada yerlarni dehqonlarga ma’lum muddadga foydalanishga berishgan
A
1,2,3,4,5,6,7
B
1,2,3,4,5,6,8
C
1,2,3,4,6,7
D
2,3,4,5,6,7
3
Milodiy V asr oxiridan – XV asrning oxirigacha bo’lgan davr nima deb ataladi?
A
"Yangi tarix"
B
"Qadimgi dunyo tarixi"
C
"O’rta asrlar tarixi
D
"Eng yangi tarix"
4
. O’rta asrlar moddiy manbalariga nimalar kiradi?
A
Uy-joylar va jihozlar
B
A, B, C
C
Saroylar, qasrlar, ibodatxonalar
D
Kiyim-kechak va taqinchoqlar
5
O’rta asrlar tarixiga oid manbalar necha asosiy turga bo’linadi?
A
3
B
2
C
4
D
5
6
. Mo‘g‘ullar qaysi hududni egallagandan so’ng har bir askariga 24 nafardan asirni bo’lib bergan ?
A
Buxoro
B
Samarqand
C
Urganch
D
O’tror
7
. O‘rta asrlar kishilik jamiyati Yevropada nima deb ataladi ?
A
qulchilik jamiyati
B
latifundiya
C
feodal
D
yer egaligi jamiyati
8
. Toifaviy hokimiyat organlarini aniqlang.
A
Xalq yig’inlari, qurultoy
B
Beshyuzlar kengashi, parlament
C
parlament, General shtatlar
D
Senat va oqsoqollar kengashi
9
Qachon Yevropada feodal davri vujudga kelgan ?
A
G‘arbiy Rim imperiyasi «varvarlar»ning qaqshatqich zarbasidan qulaganidan so’ng
B
V asr oxiri
C
476-yil
D
A,B,C
10
. O‘rta asrlar tarixining birinchi davriga xos xususiyatlarini aniqlang ? 1. yangi feodal jamiyatga o‘tish; 2. yer egaligi yangi turlari (yirik yer egalari – feodallar, qaram dehqonlar toifalari)ning shakllanishi; 3. G‘arbiy Yevropada yangi diniy ta’limot – xristianlikning keng tarqalishi; 4. Sharqda islom dinining vujudga kelishi va tarqalishi; 5. yirik feodal davlatlarning paydo bo‘lishi. 6. toifaviy hokimiyat organlari (parlament, General shtatlar) ning shakllanishi 7. o‘rta asrlarda shaharlarning va hunarmandchilik sexlarining taraqqiyoti 8. yer egaligi ishlab chiqarish munosabatlarining yuksalishi;
A
1,2,3,4,6
B
1,2,3,4,5
C
2,3,4,5,6
D
1,2,3,5,6
11
. Ma’lum xizmat evaziga qirol tomonidan berilgan va meros bo‘lib qoladigan yer-mulkka nima deyilgan ?
A
feod
B
jogir
C
patta
D
allod
12
Qachon Xitoyda kitob bosish dastgohi yaratilgan?
A
XI asrda
B
X asrda
C
XII asrda
D
IX asrda
13
O’rta asrlar yozma manbalariga nimalar kiradi?
A
Imperator, qirol va sultonlarning farmonlari, farmoishlari
B
Rasmiy hujjatlar: soliq, jarima, sud, oldi-sotdi, qarz majburiyatlari bilan bog’liq
C
Tarixiy yilnoma va solnomalar
D
A,B, C
14
. Yevropada yer-mulk egasi nima deb atalgan ?
A
dehqon
B
feodal
C
tungun
D
xalfa
15
O’rta asrlar moddiy manbalariga nimalar kiradi?
A
Badiiy-tasviriy asarlar: haykallar, suralar, amaliy san’at namunalari
B
Tarixiy muzeylardagi mehnat va jang qurollari
C
Turli tanga-chaqalar
D
A, B, C
16
Qachon Yevropada kitob bosish dastgohi yaratilgan?
A
XVI asrda
B
XV asr o’rtalarida
C
XIII asrda
D
XIV asrda
17
O’rta asrlarning birinchi davri qaysi davrlarni o’z ichiga oladi?
A
XV-XVII asrlarni
B
V-XI asrlarni
C
I-V asrlarni
D
XI-XV asrlarni
18
. Yer egaligiga asoslangan jamiyat qaysi ?
A
qulchilik jamiyati
B
latifundiya jamiyati
C
yer egaligi jamiyati
D
feodal jamiyati
19
. «Feodal» atamasi qaysi so‘zdan olingan ?
A
hindcha “patta”
B
yunoncha “allod”
C
fransuzcha “jak”
D
lotincha “feod”
20
O’rta asrlar tarixi necha yirik davrga bo’linadi?
A
5
B
4
C
2
D
3
21
O’rta asrlarning ikkinchi davri qaysi davrlarni o’z ichiga oladi?
A
I-V asrlarni
B
V-XI asrlarni
C
XV-XVII asrlarni
D
XI-XV asrlarni
22
. Qayerlik ma’rifatparvar olimlar insoniyat tarixini «qadimgi tarix», «o‘rta tarix» va «yangi tarix»larga bo‘lib o‘rganishni taklif etishgan ?
A
Angliyalik
B
Ispaniyalik
C
Italiyalik
D
Fransiyalik